Qashqadaryo viloyatida «Yashil makon» umummilliy loyihasinining kuzgi mavsumidagi «Dolzarb 40 kunlik» ko‘chat ekish ishlari ko‘tarinkilik bilan boshlandi.

Mirishkor tumani A. Navoiy istirohat bog‘i hududida Qashqadaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi, tuman hokimi va hokim o‘rinbosarlari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 1000 ga yaqin turli xildagi daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ko‘chat ekish ishlari mahallabay tizimida tashkil etilib, MFY oqsoqollari, faollar hamda yoshlar ishtirok etishdi.